2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-son Prezident Farmoni ijrosini ta’minlash, aholi salomatligini muhofaza qilish, yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning oldini olish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida 2026-yil 7-oktabr kuni Qashqadaryo viloyatida “Biz — giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostida “Gulxan shou” tadbiri tashkil etildi.
📍 Tadbir Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Narkologiya xizmati bo‘yicha Qashqadaryo viloyati filialida bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligining mas’ul xodimi J.Yusupov boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Narkologiya xizmati markazi rahbari G‘. Umrzoqov ishtirok etdi.
🎤 Tadbir davomida madaniyat va san’at vakillari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, kechaga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.
✅ Giyohvandlikka qarshi kurashish — har birimizning burchimiz! Bunday tadbirlar orqali aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida tushunchalarni kengaytirish, sog‘lom hayot tarzini targ‘ib qilish va jamiyatda giyohvandlikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish ko‘zda tutiladi.
VSSB matbuot xizmati
