O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–1-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi narkologiya xizmati bo‘yicha Qashqadaryo filialida targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi.
Unda tuman va shahar narkolog shifokorlari ishtirok etib, giyohvandlikning oldini olish, ayniqsa yoshlar orasida uning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tizimda korrupsiyaning oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, tibbiyot xodimlarining kasbiy mas’uliyatini oshirish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Uchrashuv davomida ochiq muloqot tashkil etilib, mavjud muammolar muhokama qilindi va ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Ta’kidlanganidek, giyohvandlik va korrupsiyaga qarshi kurashish jamiyat salomatligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

