sv1
sv2
sv3
sovga

Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Milliy markaz hamkorligida “Men giyohvandlikka qarshiman!” koʻrik-tanlovining respublika bosqichi Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 22-sonli umumtaʼlim maktabida oʻtkazildi.
(http://t.me/uzbekistan24_tvnews)
📌Koʻrik-tanlov umumtaʼlim maktablarining 9-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida insho va tasviriy sanʼat yoʻnalishlarida tashkil etildi.
2 ta yoʻnalishda respublika bosqichida ishtirok etgan 28 nafar oʻquvchilardan 3 nafari tanlov gʻolibini qoʻlga kiritdi.

(http://t.me/uzbekistan24_tvnews)Yakuniy natijalarga koʻra,
✔️Tasviriy sanʼat yoʻnalishida:
1-oʻrin – Amanbayeva Dilobar (Xorazm viloyati, Gurlan tumanidagi 10-maktabning 10-sinf oʻquvchisi) — I darajali diplom va monoblok;
2-oʻrin – Axmedova Dilroz (Fargʻona viloyati, Fargʻona shahridagi 2-IDUMning 11sinf oʻquvchisi) — II darajali diplom va notebook;
3-oʻrin – Mirzaraxmatova Nigina (Toshkent viloyati, Boʻstonlik tumanidagi 3-maktabning 11-sinf oʻquvchisi) — III darajali diplom va planshet;
(http://t.me/uzbekistan24_tvnews)
✔️Insho yoʻnalishida:
1-oʻrin – Sharopova Munavvaroy (Buxoro viloyati, Jondor tumanidagi 3-maktabning 11-sinf oʻquvchisi) — I darajali diplom va monoblok;
2-oʻrin – Zaripova Nozima (Navoiy viloyati, Navoiy shahridagi 11-maktabining 11-sinf oʻquvchisi) — II darajali diplom va notebook;
3-oʻrin – Mirzaraxmatova Nigina (Namangani viloyati, Davlatobod tumani 84-maktabning 10-sinf oʻquvchisi) — III darajali diplom va planshet bilan taqdirlandi.

Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi Matgbuot xizmati.