g2
g3

🔜Bugun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) binosining anjumanlar zalida “Xavfsiz va sog‘lom yurt barpo etish yo‘lida: Giyohvandlik vositalari tarqalishiga qarshi samarali kurashning dolzarb vazifalari, huquqiy mexanizmlari va jamoatchilik ishtirokini kuchaytirish masalalari” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda Milliy markaz, Ichki ishlar vazirligi xodimlari, soha mutaxassislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Matbuot anjumani davomida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi olib borilayotgan chora-tadbirlar, sohada mavjud muammolar, ularni bartaraf etish yo‘llari, shuningdek, profilaktika va jamoatchilik ishtirokini kengaytirish orqali erishilayotgan yutuqlar haqida ommaviy axborot vositalari vakillariga ma’lumot berildi.

🛡Tadbir yakunida ma’sullar tomonidan jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

 

Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi