ssv

Prezidentimizning tegishli qaroriga ko‘ra, Boboev Alisher Shukrullaevich Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

🔎 A.Boboev 1996 yilda Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlab, ushbu oliy o‘quv yurtining klinik ordinatura yo‘nalishida tahsil olgan.

📆 Mehnat faoliyatini 1998 yilda Toshkent davlat tibbiyot institutida katta laborant sifatida boshlagan.

📌  Turli yillarda Toshkent farmasevtika instituti tibbiy biologik fanlar kafedrasi katta laboranti, Toshkent shahar Olmazor tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi, 1-sonli Respublika klinik shifoxonasi maslahat-diagnostika poliklinikasi hamda Respublika klinik shifoxonasi urologiya bo‘limi singari qator muassasalarda shifokor-urolog, Sog‘liqni saqlash vazirligi kotibiyatida bosh mutaxassis kabi lavozimlarda ishlagan.

➡️  II darajali «Salomatlik» ordeni bilan taqdirlangan A.Boboev tayinlovga qadar Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmatidan