#5000qadam #marafon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 7-martdagi Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida qayd etilgan 2025-yilda umumiy 4 million xotin-qizni ommaviy sport musobaqalariga jalb qilish orqali sog‘lom turmush tarzi keng targ‘ibotini kuchaytirish bo‘yicha vazifa belgilangan. Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Qashqadaryo viloyatida bugun soat 8:00 da sport tadbirlari (sportning shashka, shaxmat, stol tennisi va boshqa turlari, shuningdek, 5000 qadam yurish) o‘tkazish uchun xotin-qizlar bilan “Sog‘lom oila uchun birlashaylik” shiori ostida ommaviy badantarbiya hamda besh ming qadam yurish tadbiri o‘tkazildi. Qarshi shahar “Geolog” sport majmuasida Respublika ixtisoslashgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Narkologiya xizmati bo‘yicha Qashqadaryo viloyati filialida xotin-qizlarlardan iborat xodimlar “Salomatlik hamma uchun”, “Salomatlik uchun 5 ming qadam” lozunglari bilan faol qatnashishdi.
Respublika ixtisoslashgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot
markazining Narkologiya xizmati bo‘yicha Qashqadaryo
viloyati filiali Matbuot xizmatidan



