Prezident Shavkat Mirziyoev 21 may kuni Sog’liqni saqlash loyihalari markazi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va yangi takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Unda davlatimiz rahbarining shu yil 22 yanvardagi qaroriga muvofiq tuzilgan ushbu markaz tomonidan birlamchi bo’g’in va tez tibbiy yordam tizimini takomillashtirish, davlat tibbiy sug’urtasini joriy etish, dori-darmonlar xaridini tartibga solish bo’yicha ishlab chiqilgan qator takliflar atroflicha tahlil qilindi.
«Sog’liqni saqlash loyihalari markazi» loyiha ofisi direktori Eldor Odilov bu borada amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi rejalar xususida ma’lumot berdi.
Sog’liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmatidan.
